Logitech

Logitech Tap-ni muzokaralar xonangizga joylashtirishning 5 sababi

Gibrid uchrashuvlar ko'plab biznes turlari uchun odatiy holga aylandi. Dunyoning istalgan nuqtasidan xodimlarni yo’llash, filiallarni boshqarish, mijozlar va sheriklar bilan uchrashish — bularning barchasi videokonferensiyalar paytida amalga oshirilishi mumkin.

Agar muntazam qo'ng'iroqlar sizning ishingizning bir qismi bo'lsa, sizga Logitech Tap kerak bo'ladi. Bu simsiz tarmoq va HDMI orqali ma'lumot almashish funksiyasiga ega sensorli kontroller. U, pazlning yetishmayotgan qismi sifatida, muzokaralar xonasidagi barcha jihozlarni bog'laydi va videokonferensiyalar uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochadi.

1. Bir bosish bilan ulanish va boshqarish
Logitech Tap-ning vazifasi - onlayn uchrashuvlarning tashkillashtirilishini va ularda ishtirok etishni soddalashtirish va intuitiv tarzda tushunarli qilishdir. Videokonferensaloqa tizimlari bilan integratsiyalashgan kontroller taqvimlaringizni sinxronlashtirish, HDMI orqali ulangan kompyuterdan fayllarni yuborish va qo'ng'iroqqa bir bosish bilan qo'shilish imkonini beradi.

Shuningdek, Logitech Tap-dan foydalanib, siz Rally videobari - videokonferensiyalar uchun uskunalar majmuasining barcha funksiyalarini boshqarishingiz mumkin.

Shuningdek, kontroller kameraning rakursini to'g'ridan-to'g'ri sensorli ekranda o'zgartirishga va xona sozlamalarini boshqarishga imkon beradi: harorat, yorug'lik. Barcha pultlarning o'rniga bitta Tap.

2. 24/7 rejimida ishlashga tayyorlik
Logitech Tap bilan siz qulay bo'lgan paytda aloqada bo'lasiz. Axir, kontroller harakat datchigi bilan jihozlangan, shu tufayli u doim ishlashga tayyor holatda turadi. Har safar muzokaralar xonasiga kirganingizda, chiroqni yoqqaningizda yoki gaplashishni boshlaganingizda, Logitech Tap avtomatik ravishda texnikani uyqu rejimidan chiqaradi. Uchrashuvga qo'shilish uchun shunchaki ekranga teging.

3. Hamkorlarning yechimlari bilan to'liq integratsiya
Logitech Tap bilan yoningizdagi va masofadagi xodimlar bilan uchrashuvlaringiz yanada samarali bo'ladi. Kontrollerning o‘zi va konferensiya zallari uchun Logitech yechimlar to‘plami videokonferensiyalar uchun yetakchi servislar bilan muammosiz birlashadi. Tap Google, Microsoft va Zoom tizimlari bilan ishlaydi. Masalan, kompyuterni Zoom Room bilan simsiz tarmoq yoki HDMI yordamida birlashtirish oson.
4. Puxta o‘ylangan detallar
Logitech Tap nafis va zamonaviy ko'rinadi. 10,1 dyuymli sensorli displey shu’laga qarshi va oleofobik qoplamaga ega. 14° burchakli past profili qurilmani ko'rish uchun qulay balandlikka ko'taradi. Xohishga ko‘ra qurilmani USB-port orqali kompyuterga ulanish va sensorli boshqariladigan qo'shimcha displey sifatida ishlatish mumkin. Birgalikda ishlash paytida bu juda qulay. Logitech Tap-ni, konferensiya zalidagi boshqa jihozlar singari, Logitech Sync platformasi yordamida boshqarish mumkin.

5. Oson o‘rnatiladigan Logitech Tap
O'lchamlaridan qat'i nazar, har qanday muzokara xonalariga mos keladi. Kontrollerni sirtga qo'yish yoki devorga osish mumkin: to'plamda ko'rinishni yaxshilash uchun 180 daraja aylanadigan stol ustiga joylashtirish va osish uchun mahkamlagichlar bor. Kabellar orqa paneldan yoki pastki qismidagi teshikdan o'tkaziladi. Masalan, uzun USB kabeli (10 metr) tufayli, kompyuterning o'zi shkafda, boshqa stolda yoki ko'zdan tashqarida bo'lsa ham, qurilmani ishtirokchilar yoniga qo'yish mumkin.
Sizning ofisingizda bepul test-drayv
Yuz marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshiroq. O‘zingizning ofisingizda Tap-ni bepul sinab ko'rishingizni tavsiya qilamiz. Kontrollerning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish uchun uni muzokara xonalari uchun Logitech-ning Rally uskunasi bilan birgalikda ishlatish yaxshiroqdir, u videokamera, karnay va mikrofon tizimiga ega ixcham qurilma.

Hammasi juda oddiy: ASBC xodimi qurilmalarni ofisingizga olib keladi, ularni sozlaydi va hamma narsa qanday ishlashini ko'rsatib beradi. Bu Logitech dunyosi bilan tanishishning eng oson yo'li.

So'rovingizni fikr-mulohaza shaklida qoldiring-va menejerimiz barcha tafsilotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.