Logitech

Nima uchun konferens-xonalar uchun Logitech yechimlari boshqa brendlarning analoglariga qaraganda yaxshiroq?

Deyarli har bir ofisda muzokara xonalari bor. Biroq, pandemiya ish joyining chegaralarini sezilarli darajada o‘zgartirib, uni tashkillashtirishga yanada jiddiy talablarni qo'ydi. Yangi sharoitda ko'plab kompaniyalarning xodimlari ofisda ham, masofadan turib ham ishlaydigan gibridli o'zaro aloqa qilish turidan foydalanishga majbur. Logitech boshqa ishlab chiqaruvchilarning takliflaridan foydali tarzda farq qiladigan va ish jarayonini iloji boricha qulay va samarali qiladigan noyob texnologiyalarni taklif etadi.
Narx va sifatning yuqori nisbati

Logitech qurilmalari muzokara xonalarini jihozlash uchun mukammal variant bo'ladi. Kompaniya ishonchli va bardoshli video tizimlarni ishlab chiqaradi, ular birinchi darajali materiallardan tayyorlanadi va barcha talab qilingan xususiyatlarga to'liq mos keladi. Shu bilan birga, Logitech texnologiyasining narxi boshqa brendlarning – masalan, Cisco, Polycom va boshqalarning o'xshash sifatli mahsulotlariga qaraganda ancha yoqimli.

Logitech tomonidan ishlab chiqilgan Rightsence texnologiyasi konferensiya, vebinar yoki taqdimotning barcha ishtirokchilarining optimal kadrlanishini ta'minlaydi, yorug'lik balansi va ranglar uzatilishini avtomatik ravishda sozlaydi, fon shovqini va aks-sadoni tekislash orqali ovoz ravshanligini yaxshilaydi hamda ovoz diapazonini tenglashtiradi va uchrashuvning barcha ishtirokchilariga eshitiladigan qilib, diqqatni ma'ruzachiga qaratadi.

Eng qulaylari tayyor to'plamlar hisoblanadi: kichik xonalar uchun- Rally Bar Mini, o'rta o'lchamlar uchun – Rally Bar, katta maydonlar uchun- Rally Plus. Agar xonaning konfiguratsiyasi nostandart bo'lsa, bizning mutaxassislarimiz siz uchun individual yechimni ishlab chiqadilar. Ishoning: Logitech yordamida siz ishlash qulay va komfort bo‘lgan ofis maydonini yaratasiz.
Oddiy boshqarish va intuitiv tushunarli interfeys

Yaqin orada ham IT mutaxassislarining ishtirokisiz yuqori sifatli video aloqani sozlab bo‘lmas edi. Onlayn konferensiyani tashkil qilish uchun o'nlab turli xil gadjetlarni ulash, kerakli sozlamalarni o'rnatish va bonus sifatida cheksiz simlarda chalkashib ketish mumkin edi. Bundan tashqari, uskunaning o'zi juda ko'p joyni egallardi, bu ham ma'lum noqulayliklarga olib keladi.

Bugungi kunda videokonferensiyani tashkil etish xodimlar uchun hech qanday qiyinchiliklar tug‘dirmaydi va ulardan IT sohasida o‘ziga xos vakolatlarni talab qilmaydi. Logitech kompaniyasining yechimlari intuitiv sozlanishi va qulay boshqarilishi bilan ajralib turadi, shu bilan birga eng zamonaviy texnik talablarga javob beradi.

Rally Bar video tizimining misolida ko'rib chiqamiz. Bu o‘rtacha o'lchamdagi xonalar uchun kattaroq xonalar o‘lchamigacha kengaytirish imkoniga ega bo‘lgan eng mashhur va eng universal video panellardan biri. Nima uchun siz unga e'tibor qaratishingiz kerak?
  • Kinematografiyaga yaqin bo'lgan tengsiz tasvir sifati. Qurilma 4K aniqlik ta’minlanadigan ko'p elementli obyektiv, 5X-karrali optik kattalashtirish va 90° ko'rish burchagi bilan jihozlangan.
  • Har doim diqqat markazida. Aqlli texnologiyalar, odamlarni tanib olish xususiyatlari, panoramalash, egilish va masshtablash mexanizmi video tizimga yig'ilish paytida sodir bo'layotgan barcha narsalarni diqqat bilan kuzatib borish, asosiy narsaga e'tibor qaratish va shu bilan birga eng kichik tafsilotlarni ham sezish imkonini beradi.
  • Mukammal ovoz. Rally Bar audio tizimi 90Hz – 16kHz chastota diapazoniga, 4,5 m gacha audio yozib olish diapazoniga, AEC akustik aks-sadosini bostirish tizimiga, VAD ovozli faollik detektoriga va shovqinni bostirish uchun AI filtriga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, katta muzokaralar uchun 3 ta qo'shimcha mikrofonni o'rnatish imkoniyatini qo'llab-quvvatlaydi. Siz amin bo'lishingiz mumkin: sizni albatta eshitishadi.
  • Ulanish bilan bog'liq qiyinchiliklar yo'q. Plug and Play texnologiyasi tufayli qurilmalarni sozlash bo'yicha barcha ishlar avtomatik ravishda amalga oshiriladi, bu esa qurilmani Windows va MacOS kompyuterlariga tez va oson ulash imkonini beradi. Yangi qurilmani tanib olish bir necha soniya ichida amalga oshiriladi, kompyuterni qayta ishga tushirish va maxsus dasturlarni o'rnatish talab qilinmaydi.
  • O'rnatish qulayligi. Logitech minimal kabellar va mustahkam o'rnatish tizimidan foydalangan holda oddiy va barqaror ulanishni tanladi. Qurilmani tekis yuzaga qo'yasiz, kabelni ulaysiz – va hammasi samarali ishlashga tayyor. Keraksiz harakatlar va vaqtni behuda sarflash yo'q.

Kompaniya to‘plamlarida turli xil yechimlar mavjud: har xil turdagi kameralar, dok-stansiyalar, mikrofonlar, minigarnituralar va karnaylar. Video aloqa uchun zarur bo'lgan to'plamni alohida to'plash mumkin. Ammo videobarning muhim afzalligi - bu all-in-one prinsipi, ya'ni "hammasi birda" degan ma'noni anglatadi. Rally Barga videokonferensiyani o'tkazish uchun zarur bo'lgan barcha narsalar kiritilgan. Bundan tashqari, qurilma bir nechta rangli versiyalarda taqdim etilgan va siz ofisingizning interyerida yaxshiroq ko'rinadiganini tanlashingiz mumkin.

Tezkor integratsiya va yetakchi platformalar bilan moslik

Logitech keompaniyasi videokonferensiyalarni o‘tkazish uchun eng yaxshi jahon platformalarining rasmiy hamkori hisoblanadi. Shu sababli, taklif qilingan barcha yechimlar sertifikatlangan va MS Teams, ZOOM, Google Meet, Pexip va boshqalarni o'z ichiga olgan asosiy video aloqa ilovalari bilan to'liq mos keladi.

Videokonferensiyalarni o‘tkazish uchun yechimlarining to'liq ko‘lami tez va qulay integratsiyani ta'minlaydi. Masalan, Rally Bar hatto kompyuterga ulanishni ham talab qilmaydi: asosiy dasturlar qurilmaning o‘ziga o'rnatilgan, shuning uchun uchrashuv ishtirokchilari hech qanday urinishlarsiz onlayn yig'ilishni boshlashlari mumkin. Agar kerak bo'lsa, videobar tez va keyinchalik qayta ishga tushirilmasdan, Mac yoki kompyuterga ulanadi. Bunday tafsilotlar vaqtni tejaydi, samaradorlikni oshiradi va shunchaki yoqimli taassurot qoldiradi.

Logitech mahsulotlarining butun to‘plamlari ma'lum servislar uchun oldindan sozlangan holda yetkaziladi. Masalan, Google Meet-ni qo'llab-quvvatlaydigan Logitech videokonferensaloqa tizimlari konferensiya o'tkazish uchun zarur bo'lgan barcha narsalarni o'z ichiga oladi. To'plamga MeetUp yoki Rally konferens-kamera, Tap sensorli kontroller va mini- kompyuter kiradi. Konferensiyani bir bosish bilan boshlash mumkin, ammo eng muhimi, ishtirokchilar boshqa Google xizmatlaridan foydalanishlari ham mumkin. DT avtomatik ravishda yangilanadi, Google Workspace administratorining konsoli esa tizimning ishlashini boshqarish imkonini beradi. Hammasi foydalanuvchilarning qulay va samarali ishlashi uchun.
To'liq "tugallangan" kompleks yechimlar

Logitech mahsulotlari apparat va dasturiy ta'minot, shuningdek, jahon darajasidagi xizmatlar va hamkorlik dasturlarini o'z ichiga olgan ko'p qirrali yechimlar ekotizimini tashkil qiladi. Bu nafaqat alohida qurilmalarni, balki bir-biri bilan birgalikda mukammal ishlaydigan keng qamrovli yechimlarni ham ko'rib chiqishga imkon beradi.

Mahsulotlarning xilma-xilligi tufayli xaridorlar har qanday turdagi xonalarni, ya’ni veb-seminarlar uchun kichik xonalardan tortib, keng ko'lamli taqdimotlar uchun konferensiya zallarigacha, to‘liq "tugallangan" holda jihozlashlari mumkin. Shu bilan birga, bunday yuqori sifatli uskunalar sizning jamoangizdan uzoq tayyorgarlik yoki maxsus ko'nikmalarni talab qilmaydi.

Kompaniya doimiy ravishda yangi g'oyalar va texnologiyalarni joriy etish, o‘zining ekotizimini kengaytirish bilan bir qatorda, o'z qurilmalarining zamonaviy ko'rinishini ham unutmaydi. Ko'zni quvontiradigan dizayni kundalik foydalanishda juda muhim bo'lgan detallarga diqqat bilan qaralganligini anglatadi.

ASBC kompaniyasi - bu Logitech-ning O'zbekistondagi vakolatli hamkori. Biz muzokara xonasini shuningdek, ofis va uydagi ish joylarini jihozlash uchun barcha kerakli qurilmalarni taklif qilamiz. Va biz buni qisqa vaqt ichida amalga oshiramiz.

Shuningdek, biz uskunaning test-drayvini taklif qilamiz: bizning mutaxassislarimiz qurilmalarni sizning ofisingizga bepul olib kelishadi, ularni sozlashadi va hamma narsa qanday ishlashini ko'rsatib berishadi.

O‘z ehtiyojlaringiz uchun Logitech mahsulotlari va tayyor yechimlar haqida bilib oling. So'rovingizni fikr-mulohaza shaklida qoldiring-va menejerimiz barcha tafsilotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.