Uchrashuvlarni gibrid formatda o'tkazish uchun 9 ta maslahat
Koronavirus pandemiyasidan keyin tadbirlar maydoni abadiy o'zgarib ketdi. Endi ko'plab kompaniyalar xodimlarni bitta stolda oflayn va onlayn tarzda birlashtirib, gibrid uchrashuv formatidan faol foydalanmoqdalar.
Bunday tadbirlarni qanday o'tkazish mumkin? Ularda qanday paydo bo'lish mumkin? Kamerani yoqish kerakmi yoki yo‘qmi? Keling, tushunib olamiz..

Ko'pgina tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, onlayn qo'ng'iroqlar paytida yoqilgan kamera ishtirokchilarni jalb qilar ekan. Shu bilan birga, boshqa mutaxassislar odamlar Zoom va boshqa veb-uchrashuv dasturlaridan charchagan deb ta’kidlaydilar. Hatto "Zoom fatigue" atamasi ham paydo bo'ldi – bu onlayn videokonferensiyalar bilan bog'liq ruhiy toliqish.
Sog'lom gibrid uchrashuvlarni yaratish uchun siz ushbu chegaralar o'rtasida muvozanatni saqlashingiz kerak. Bunga sizga yordam beradigan 9 ta qoidalar mavjud.
1. Hamma teng sharoitda: kamera yoqilgan yoki o'chirilgan. Siz bitta narsani tanlashingiz kerak, chunki yig'ilishda kimningdir kamerasi yoqilib, kimnikidir o‘chiq bo‘lsa, noqulay muhit yaratiladi. Tasavvur qiling: sizni barcha hamkasblaringiz ko'rishadi va qanday reaksiyada bo‘lishingizni tushunishadi. Siz esa boshqa odamlarning reaksiyasini bilmaysiz va go'yo bo'shliqqa gapirayotgandek bo‘lasiz. Bu toliqtiradi. Bundan tashqari, kamerasi o'chirilgan odam "faol" hamkasblariga qaraganda dialogga kamroq jalb qilinadi. Va u e'tiborga olinishi uchun ko'proq harakat qilishi kerak.
2. Nozik uchrashuvlar va tet-a-tet qo'ng'iroqlar paytida har doim kamerangizni yoqing. Nozik jihatlarni muhokama qilish, yomon yangiliklarni aytib berish yoki fikr-mulohazalarni bildirish uchun qo'ng'iroq qilganingizda, kamera yoqilgan bo'lishi kerak. Gap shundaki, bizning bir-birimizni tushunish qobiliyatimiz ko'p jihatdan suhbatdoshning yuz ifodalarini talqin qilish qobiliyatiga bog'liq. Ayniqsa, hissiyotlar bilan bog'liq signallar. Aynan shuning uchun emojilar mavjud. Suhbatdoshlar bir-birlarining yuzlarini ko'rmaganda, ular aloqa bo'shlig'ini to'ldiradilar.
3. Gibrid - bayram tadbirlari uchun yaxshi format emas. Agar yig'ilishning maqsadi biron bir tadbirni nishonlash bo'lsa, unda hozir bo'lganlarning barchasi onlayn yoki oflayn rejimda bo'lishi kerak. Bunday tadbirlar qanday o'tishini eslang: ofisdagi odamlar bir vaqtning o'zida gaplashishadi, kulishadi va qarsak chalishadi. Virtual ishtirokchilar esa faqat ularning o'yin-kulgilarini tomosha qilishlari mumkin. Ular hamkasblarining orqalarini ko'rishadi, lekin ular nima haqida gaplashayotganini va hazillashayotganini eshitmaydilar. Va bunday suhbatlarda bemalol ishtirok eta olmaydilar. Shuning uchun, agar siz yig'ilishda hammaning ishtirokini ta’minlay olmasangiz, uni hamma uchun virtual qiling.
4. Kameralar onlayn-timbildinglarda yoqilgan bo'lishi kerak. Agar uchrashuvning maqsadi jamoaviy aloqani mustahkamlash bo'lsa, unda kamera yoqilgan bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda, ma'lumot almashish yoki boshqa "soatlarni tekshirish" bo'ladimi, kamerani o'chirib qo'yish mumkin.
5. Agar yaqin oradagi qo'ng'iroqda kameralar yoqilishi kerak bo'lsa, jamoani oldindan ogohlantirib qo‘ying. Buni uchrashuvga taklifnomada ko‘rsatish mumkin. Bunday holda, hech kim dovdirab qolmaydi. Qo'ng'iroq boshlanganda, hamkasblaringizdan kameralarini yoqishlarini so'rang. Siz bu muhim uchrashuv ekanligini va gaplashish hamma uchun qulay bo‘lishini xohlashingizni ta’kidlashingiz mumkin. Axir, siz kompyuterlar bilan emas, odamlar bilan ishlaysiz.
Ammo kamerani yoqish to'g'risida qarorni ishtirokchilarning ixtiyoriga qoldirish - bu yomon fikr. Chunki buni qilmaslik vasvasasi juda yuqori. Axir "masofadan ishlaydiganlar" uchun o'chirilgan kamera pijamada qolish va ofis kiyimlarini kiymaslik imkoniyatini anglatadi.
6. Kameradan qochish - xodimlarning o'zlari uchun yaxshi fikr emas. Ko'plab tadqiqotlar mavjud: ularga ko‘ra, tashqi ko‘rinishimizga qarab yurish bizning qadr-qimmatimizga ta'sir qilar ekan. Ammo ba'zida odam o‘zini holi qo‘yadi: men uydaman, kamera o'chirilgan, meni hech kim ko'rmaydi - chiroyli kiyinishning va o'ziga qarashning nima keragi bor? Agar bu muntazam ravishda ro'y bersa, kelajakda o'ziga qarab yurish motivatsiyasi yo‘qolib ketishi mumkin. Bu ongsiz ravishda sodir bo'ladi. Va aksincha: o'z ko‘rinishimizga ishonchimiz komil bo'lsa va istalgan vaqtda kamerani yoqishga tayyor bo'lsak, o'zimizni yaxshiroq his qilamiz.
7. Gibrid uchrashuvlarda virtual ishtirokchilar birinchi bo'lib gapirishlari kerak. Odamlar shaxsan tanigan va jismonan yaqin bo'lganlarni ko'proq qadrlashlari odatiy holdir. Bu uchrashuvda virtual tarzda ishtirok etadigan hamkasblarga nisbatan xurofotni keltirib chiqarishi mumkin. Ular dastlab ko'proq noqulay ahvolda bo‘ladilar. Shuning uchun, har safar savol berish va o'z fikrini bildirish vaqti kelganida, onlayn ishtirokchilarga ustunlik bering. Shuningdek, siz orangizdagi masofani qisqartirishingiz va teng sharoitlarni yaratishingiz mumkin.
8. Gibrid uchrashuvning virtual ishtirokchilari nimani ko'rishlarini o'ylab ko'ring. Agar siz onlayn-uchrashuvni veb-kamerasi bo'lgan muzokara xonasida o'tkazayotgan bo'lsangiz, unda hech kim undan yuz o'girmasligiga ishonch hosil qilishga harakat qiling. Bu virtual suhbatdoshlarga orqasini berib turish bilan barobar. O'zingizni ushbu kamerani boshqa odam deb o'ylashga o'rgating.
Logitech brendi kichik, o'rta va katta muzokara xonalari uchun texnologik yechimlarni taklif etadi. Ularning tarkibidagi kameralar avtomatik kadrlash xususiyatiga ega. Siz butun xonani suratga olishni, faol ma'ruzachini ta'kidlashni yoki ikkala formatni birlashtirishni tanlashingiz mumkin. Avtomatik masshtablash tufayli hech kim kadr ortida qolmaydi. Video kinematografik sifatda translyatsiya qilinadi va kuchli, hajmli ovozi bilan birga uzatiladi.

9. Agar jamoaning bir qismi onlayn ishtirok etsa, unda oddiy jismoniy taxtalar mos kelmaydi. Ularni ko'rish qiyin va virtual ishtirokchilar, agar biror narsa ularning ko'rinishini to'sib qo'ysa, harakat qila olmaydilar. Shu sababli, ko'plab ilg'or kompaniyalar muzokara xonalarini virtual taxtalar bilan jihozlashadi.
Zamonaviy yechimni yana Logitech-da topish mumkin – Scribe. Sun'iy intellekt tufayli yuqori aniqlikdagi tizim videokonferensiyaning barcha ishtirokchilariga kontentni taxtada uzatadi. Hatto virtual ishtirokchilar ham stolda eng yaxshi o‘rinlarni egallashlari mumkin.

Xulosa
Dunyo anchadan beri yangi "me’yorlikda" yashamoqda. Onlayn uchrashuvlar endi ekzotika bo‘lib ko'rinmaydi va odamlar hatto eng muhim masalalarni ham masofadan turib hal qilish mumkinligiga odatlanib qolishgan. Agar jamoa ushbu maqolada tasvirlangan gibrid uchrashuv odob-axloq qoidalariga rioya qilsa.
Agar siz yuqori darajadagi muzokaralarga muhtoj bo'lsangiz yoki gibrid ish formatidan foydalansangiz, biz sizga Logitech yechimlari bilan samarali ish muhitini tashkil qilishda yordam beramiz. Siz ularning imkoniyatlarini ofisingizda mutlaqo bepul sinab ko'rishingiz mumkin. Biz sizga demo to'plamini olib kelamiz, uni ulaymiz va qanday ishlashini ko'rsatib beramiz.