Korporativ muhit va Apple texnikasi

Yangiliklar

27.08.2021 Apple

Korporativ muhit va Apple texnikasi

Yangiliklar

27.08.2021 Apple

Apple texnikasi ayniqsa korporativ muhitda muvaffaqiyat ramziga aylandi. Lekin bu masalada gap faqat tasavvurning o'zida emas: biznes vakillari macOS, iPadOS va iOS ga o'tish obro'dan ham ko'ra zarurat ekanini ko'proq tushunadigan bo'lishayapti. Hozir shu mavzuda batafsilroq gaplashib olamiz.

Nima uchun biznes ko'proq Apple mahsulotini tanlayapti, degan savolning javobi juda oddiy.

Chunki Apple mahsuloti bilan xodimlarning ishi maksimal darajada samarali bo'ladi, natijada biznes o'sadi, shuning uchun ham zamonaviy va kuchli texnika bilan ishlashni hashamat emas, zarurat deyapmiz.


YUQORI SAMARADORLIK

Apple mahsulotini ishlab chiquvchilar vositani shunday tuzishadiki u sotib olingandan keyin ham ancha yilgacha shu bugungi kunga mos, yuqori darajada samarli va tez ishlaydigan bo'lib qolaveradi.


KO'P VAQT YANGILAB TURILADI

Apple hamma texnikasini ko'p vaqt yangilab turadi. Ya'ni, vositaning operatsion tizimi kamida 5 yil yangilab turiladi.


TRADE-IN

Bundan tashqari, kompaniya texnikasini utilga chiqarishda muammo bo'lmaydi. Trade-in xizmatidan foydalanib eski vositalarni topshirish va ularning narxini chiqarib yangi vosita sotib olish hamda shu yo'l bilan texnikani yangilab olish mumkin. Bundan tashqari, korporativ mijozlar uchun Apple texnika qaytib sotib olinishiga kafolat beradigan yangi, Buy back Apple xizmatini ishlab chiqdi. Bularning hammasi kompaniyangiz xarajatini kamaytiradi, chunki texnikani tez-tez yangilab turishga ehtiyoj qolmaydi.

  • YAGONA EKOTIZIM
Apple vositalarining hammasi egalariga katta afzallik beradigan yagona ekotizimni tashkil etadi. Integratsiya bois ish jarayonlarining hammasi tezroq va osonroq o'tadi. Har bitta alohida vositaning ishlashi bilan solishtirganda devayslaringiz umumiy imkoniyati qanchalik ko'payishini bilsangiz xayron qolasiz. Nimaga kompaniyangiz uchun buning ahamiyati katta ekanini hozir siz bilan birga ko'rib chiqamiz.

  • QULAY INTEFEYS
Birinchidan, macOS, iPadOS va iOS interfeysini his qilib tushunsa bo'ladi. Katta bo'ladimi yoki kichkinami, foydalanuvchi uni oson o'rganib oladi. Albatta, bir qaraganda odamga tizim sal boshqacharoq ko'rinishi mumkin. lekin uni ishlatish juda oson, hamma narsa puxta o'ylangan va iloji boricha soddalashtirilgan. Bundan tashqari, Mac uchun kerakli hamma soft ishlab chiqilgan, xususan, Windows foydalanuvchilarida bo'lmaydigan, butunlay ekskluziv dasturlar ham bor.

Windows haqida ham gaplashib olsak bo’ladi. Ko'pchilik MacBook ka Windows qo'yib bo’lmaydi, deb adashadi. Aslida esa Apple kompyuterlarining hammasiga ikkinchi operatsion tizim sifatida Windows ham qo'ysa bo'ladi.

Bundan tashqari, iPoint da Mac sotib olgan odam o’sha yerning o’zida unda ishlashni ham o'rganishi mumkin. Agar macOS tizimini bilmasangiz bu xizmat yangi texnikani o'rganishingizga yordam beradi.

  • XAVFSIZLIK

Aplle texnikasini biznesda ishlatishning eng asosiy vajlaridan biri – platformasining xavfsizligi bo'ladi. Vositalarda saqlanadigan shaxsiy yoki korporativ ma'lumotingiz uchinchi shaxslar daxl qilishidan ishonchli himoya qilingan. Ko'p imkoniyatlar oldindan ishlatib qo'yiladi, ba'zi funksiyalarni esa o'zingiz sozlab qo'yishingiz kerak.

IT ishlab chiquvchilardan boshlab savdo vakillarigacha

Amerika va Yevropa kompaniyalarida Apple vositalarining bo'lishi ko'pdan beri standart sanaladi. Biznes bozor vakillari butun dunyoga tanilgan brend texnikasini soitb olish zarurat ekanini tushunishgan. Ishda muvaffaqiyatga erishish uchun doim raqobatbardoshlikni saqlash, ish samaradorligini oshirish, mehnat sharoitini yaxshilash va biznes jarayonlarini o'zgartirish, shu jumladan bir xil kechadigan biznes jarayonlarni o'zgartirish talab qilinadi. Bundan tashqari, kompaniyaning hurmatini ham balang ushlash kerak, chunki busiz mumkin emas.


• IT KOMPANIYALAR

Boshqa tashkilotlar bilan solishtirganda IT kompaniyalarning texnikaga talabi ancha katta bo'ladi: materiallarning sifati, ularning yig'ilishi, samaradorligi, ixchamligi juda baland darajada bo'lishi kerak. Bizning IT bozorimiz vositalar ulushinig ko'pi macOS, iPadOS va iOSА ga to'g'ri keladigan g'arb mamlakatlariga yo'naltirilgani uchun mantiqan qaraganda shunday jihozlarga tushadigan ishlamalar bilan shug'ullanish to'g'ri bo'ladi. Qo'shimcha bonus sifatida esa foydalanuvchilarga Apple brend qo’yilgan mahsulotni ishlatish bir dunyo zavq ham beradi.

  • SAVDO VAKILLARI
Turli kompaniya savdo vakillari uchun ishda iPad ning yordami juda katta bo'ladi. Vosita ma'lumotni tez yig'ish va tartibga solish hamda istalgan joyda tovar va xizmatni xaridorlarga ko'rsatish imkonini beradi. Oliy darajada ishlangan dizayni va sifatli aksessurlari bois Apple planshetlari foydalaniladigan davrining oxirigacha juda ko'rkam va orasta bo’lib qolaveradi, bundan tashqari, xodimlarga ishni tez va malakali bajarish imkonini beradi.

Masalan, o'simlikdan dori oladigan dunyoning birinchi tashkilotlaridan bo'lgan Germaniyaning Bionorica farmasevtika kompaniyasi xodimlari dalada faqat iPad dan foydalanishadi. Bundan tashqari, kompaniya rahbarlari hamma vositalarini uzoqdan boshqarish uchun Apple Business Manager xizmatiga ulanish masalasini ko'rib chiqishayapti.

  • BANK MASLAHATCHILARI
Bank maslahatchilari mijozlar bilan muomala qilishganda ko'pincha planshet ishlatishadi: noutbuknikiga o'xshagan qopqog'i bo'lmagani uchun maslahatchi mijozning ko'ziga qarab gaplashadi, muomala qilish osonroq bo'ladi. Bundan tashqari banklar bo'limlari qog'ozsiz ishlashi uchun ham iPad va Apple Pencil sotib olishadi: mijozlar hujjatlarga imzo qo'yishadi, shaxsiy xonalariga kirishadi va bank bilan hamkorlik qilish tarixini ko'rishadi.

• MENEJER VA MARKETOLOGLAR


Chakana savdodagi menejer va marketologlar ishlab chiqish bosqichidan boshlab to to'liq sotilguncha mahsulot ustida ishlashlari, vazifa belgilashlari, muhlat o’tib ketmasligiga qarab turishlari va hamkasblari bilan bog'lanishlari mumkin. Vositalar o'rtasidagi yaqin integratsiya esa jarayonlarning hammasi tez va qulay o'tishiga imkon beradi.


Masalan, IQOS kompaniyasining xodimlari hamma sotuv nuqtalarida yangi vositalarni ro'yxatga olish, kafolatni rasmiylashtirish va sotuv hisobini yuritish uchun faqat iPad dan foydalanishadi.


Coca-Cola kompaniyasi merchendayzerlari ham tovarni ro'yxatga olish va hujjat yuritish uchun Apple planshetlarini ishlatishadi.


Bunga o'xshagan misollar juda ko'p, lekin tovar assortimenti ham faqat MacBook va iPad ning o'zi bilan cheklanmaydi. Statsionar ish joylariga iMac va Mac mini ayni mos bo'ladi, iPhone ni esa korporativ mobil aloqa sifatida ishlatgan yaxshi.

Tashkilot buyurtma berishi uchun nima qilishi kerak?


+998 90 045 97 77 raqamiga telefon qilib xohlagan masalada maslahat olsangiz bo'ladi. Bundan tashqari, info@asbc.uz manziliga elektron xat jo'natishingiz ham mumkin.