Nima uchun Apple texnikasini rasmiy resellerlardan sotib olish kerak?

Yangiliklar

26.10.2022 Apple

Nima uchun Apple texnikasini rasmiy resellerlardan sotib olish kerak?

Yangiliklar

26.10.2022 Apple

Apple texnikasini rasmiy ravishda sotish uchun kompaniya sertifikatlashdan o‘tishi, bojxona yig‘imlarini, soliqlarni to'lashi va kerakli hujjatlarni olishi kerak. Bunday texnika qonuniy ravishda sotuvga chiqariladi va "oq" texnika deb nomlanadi.

Sertifikatlash jarayonidan o'tmaydigan va soliq qonunchiligini buzgan holda qurilmalarni olib kiradigan firmalar "kulrang" deb nomlanadi. Odatda, ular sifatsiz tovarlarni sotganligi uchun javobgar bo‘lmaydilar. Barcha xatarlar esa xaridorning elkasiga tushadi.

ASBC kompaniyasi - Apple kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy hamkori hisoblanadi. Biz turli mamlakatlarda namoyish etilganmiz, faqat "oq" kanalda ishlaymiz, QQS to'laymiz va iste'molchilar huquqlariga rioya qilamiz.

Rasmiy yetkazib beruvchilarning afzalliklari:

  • Professional darajada xizmat ko‘rsatish. ASBC xodimlari sertifikatlangan Apple vakillari tomonidan o'qitiladi va baholanadi. Biz haqiqatdan ham brend texnikasi haqida hamma narsani bilamiz va har qanday muammoni hal qilishga yordam beramiz.
  • Kompleks yordam. Biz uzoq muddatli hamkorlikni qadrlaymiz va mijozlar bilan ochiq, ishonchli munosabatlarni o'rnatishga harakat qilamiz. Shuning uchun biz o'zaro aloqalarning barcha bosqichlarida yordam beramiz.
  • Rivojlangan servis. Vaqt qanchalik qimmat ekanligini bilamiz. Va shuning uchun biz ishimizni sizga tanlash, sotib olish va xizmat ko'rsatish jarayoni qulay va tezkor bo'ladigan qilib rejalashtiramiz.
  • Soliqlar va QQS. Biz o'z obro'imizni qadrlaymiz va rasmiy ravishda ish yuritamiz, soliqlarni to'laymiz. Bu narsa bizning mijozlarimizga qurilmalarni "kulrang" raqobatchilarga qaraganda 15% ga foydaliroq narxda sotib olish imkoniyatini beradi (soliq chegirmalari).
  • Belgilangan muddatlarga rioya qilish va mahsulot sifatini kafolatlash. Biz mahsulot, uning sifati va qonuniy tozaligi uchun to'liq javobgarmiz.
  • Sotishdan keyin xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash. Biz nafaqat kafolat davrida, balki undan keyin ham texnikaga xizmat ko'rsatamiz. Shuningdek, biz maksimal himoya vositalarini taklif etamiz: kengaytirilgan kafolat va sug'urta shartnomasi.

"Kulrang" sotuvchiga murojaat qilishda qanday xavfga duchor bo‘lasiz?

  • Qurilma qayta tiklangan yoki ishlatilgan bo'lishi mumkin. Eng yomon holatda esa - o'g'irlangan yoki hatto soxta ham bo‘lishi mumkin.
  • Servis xizmati mavjud bo'lmasligi yoki cheklanishi mumkin.
  • Sotuvchi vakolatsiz bo‘lib, sizga noto‘g‘ri ma’lumot berishi mumkin. Agarda muammolar paydo bo‘lsa, ularni xaridorning o‘zi hal qilishiga to‘g‘ri keladi.
  • Mintaqada kafolat xizmati mavjud bo'lmasligi mumkin, chunki tovar bozorda norasmiy ravishda sotilgan.
  • Tovarlar qiymatiga QQS kiritilmagan, bu esa yuridik shaxslar uchun soliq chegirmalari imkoniyatini chiqarib tashlaydi.
  • Yetkazib berish muddatlari bajarilmasligi mumkin.

Shuning uchun arzon degani - foydali degani emas. "Kulrang" sotuvchiga murojaat qilib, siz baribir katta miqdordagi pulni to'laysiz. Ammo Apple taqdim etadigan sifat va kafolat xizmatidan mahrum bo‘lasiz. Bularning barchasi ko'plab muammolar keltirib chiqarishi va yanada katta xarajatlarga olib kelishi mumkin.

Kompaniya taklif qiladigan servislar tufayli sizning xaridlaringiz qulay va xavfsiz bo'ladi:

  • Buy-Back qurilmalarni qayta sotib olish
  • Apple qurilmalari uchun kengaytirilgan kafolat
  • Kafolatli ta'mirlash vaqtida almashtirish fondi
  • Qurilmalarni xavfsiz saqlash va ularga xizmat ko'rsatish
  • Individual konfiguratsiyadagi MacBook-ga buyurtma berish imkoniyati
  • Apple ilovalari bilan ishlash bo'yicha o'quv kurslari
Vaqtingizni qadrlang va pulingizni tejang – Apple kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy hamkori bo'lgan ASBC-ga murojaat qiling.

ASBC kompaniyasining kontaktlari:

Sayt: ASBC.UZ
Pochta: info@asbc.uz

Telegram: @ASBC_UZ
Instagram: asbc_uzbekistan
Facebook: asbc uzbekistan
Linkedin: asbc-uzbekistan-apple

O'zbekistondagi savdo menejeri - Vasila Adilova

+ 998 90 045 97 77 (mobil, telegram)