Jamf nima va uning sizga nima keragi bor?

Yangiliklar

08.09.2021 Apple

Jamf nima va uning sizga nima keragi bor?

Yangiliklar

08.09.2021 Apple

Jamf bilan birga korporativ Apple vositalarini boshqarish tez, qulay va xavfsiz bo’ladi. Bugun biz Qozog'istondagi ekskluziv dastur platformasi haqida gaplashib olamiz. Nimaga aynan shu vositani tanlash kerak va u bilan qanday muammolar hal qilinadi?

Jamf nima?

Jamf dasturiy ta'minot ishlab chiqadigan va shu borada xizmatini taklif qiladigan kompaniya bo'ladi. 2002 yil ta'sis etilgan bu kompaniya hozir Apple vositalarini o'z biznesiga tatbiq etgan MDM (Mobile Device Management) biznesi sohasida yetakchi o'rinda turadi.


Uning shu nom bilan chiqadigan mahsuloti korporariv vositalarni va ularda saqlanadigan axborotni uzoqdan ulaydi, sozlaydi va himoya qiladi. Bir marta shiqillatib Mac, iPad, iPhone, Apple TV texnoparklarini ochish va ularni boshqarish mumkin, ularga hatto qo'l tekkizish shart bo'lmaydi.


2020 yil 31-dekabrdagi ma'lumotga ko'ra butun dunyodagi 47 000 tadan ko'p tashkilot Jamf dasturiy ta'minotining yordami bilan Apple vositalarini avtomatik sozlash, personallashtirish va boshqarish afzalligini to'liq his qilishgan.


Qozog'istonda Jamf mahsulotini sotish, texnik yordam ko'rsatish va maslahat berish bilan faqat ASBK kompaniyasi shug'ullanadi. Litsenziyalar va ularni sotib olish shartlari bilan iPoint da tanishish mumkin.

Nimaga aynan Jamf?

Kompaniya faqat Apple mahsulotlari bilan ishlaydi va uni ishlab chiquvchilar bilan juda yaqin munosabat o'rnatgan. 2010 yil Apple Jamf ning mijozi bo'ldi. Ikki yildan so'ng korporatsiyaning barcha chakana savdo do'konlarida Jamf dasturiy ta'minoti sotiladigan bo'ldi. 2014 yil esa Jamf Apple Mobility hamkorlik dasturiga qo'shildi. Shuning uchun birinchi dalilimiz: Jamf Apple ning hamma innovatsion loyihalari va ishlanmalarini biladi deb dadil aytishimiz mumkin.


Bundan uninga yana bitta afzalligi kelib chiqadi: Apple operativ tizimidagi Jamfning hamma funksiyalari vaqtida yangilanib turadi. Aniq aytish mumkinki tizimning yangi versiyasi chiqishi bilan tegishli o'zgarishlarning hammasi korporativ vositalaringizga keladi va ishlaydigan bo'ladi.


Jamf dasturiy ta'minotining diqqat qilishga arziydigan yana bitta tomoni – hamma vositalarda ishlatishga tayyor bo'ladi va buning uchun qo'shimcha xarajat yoki vaqt kerak bo’lmaydi. IT bo'limi mutaxassislari sir saqlash buzilishidan havotir olmasdan tez va uzoqdan hamma texnikani sozlab qo'yishadi, oxirgi yangilashlarni o'tkazib olishadi va axborotni shifrlashadi.


Shu bilan birga Jamf ning interfeysi juda sodda, funksionali ko' bo'lgani uchun esa uni biznes muhitingizdagi vositalarga to'liq qo'shib qo'yish mumkin.

Kimga mo'ljallangan?

Jamf juda ko'p sohalarda qo'llanadi: davlat sohasi, IT soha, savdo, tibbiyot, ta'lim. MDM (Mobile Device Management) yechimi esa tashkilot IT xizmatiga xodimlar ishda foydalanadigan mobil vositalar parkini boshqarish imkonini beradi.


Shuni ham aytib o'tish kerakki, xodimlarning ko'pi odatdagi ish tartibini o'zgartirib uzoqdan ishlashga majbur bo'lgan pandemiya sharoitida aynan Jamf biznes tashkilotlariga ishni to’xtatmasdan korporativ texnikani tez va xavfsiz uzoqdan sozlash hamda yangi ish tartibiga o'tkazish imkonini berdi.

Litsenziya

Jamf takliflarining hammasi faqat huquqiy shaxslarga amal qiladi. Aynan qanday yechim tanlanishi esa tashkilotingizning kattaligi va qanday ehtiyojlari borligiga bog'liq bo'ladi.

Jamf Connect, Jamf Now, Jamf Now Plus, Jamf Pro, Jamf Pro for MaсOS ni iPoint da sotib olish mumkin.

Hayotiy ehtiyoj

Bu mavzuda ortiqcha gapirmasdan Jamf bajaradigan va siz uchun juda foydali bo'ladigan hayotiy vazifalar ro'yxatini keltiramiz.


Masalan,

• barmoq tekkizmasdan tarqatish

• hamma kompyuterlar parkini xatlash

• xavfsizlikni nazorat qilish

• tizimdagi yangilanishlarni boshqarish

• vosita konfiguratsiyasi

• ilovalarni boshqarish

• xavfsizlikni nazorat qilish

• ma'lumotni o'chirish va tiklash

• foydalanuvchilar uchun kengaytirilgan imkoniyatlar


Lekin bulardan tashqari uning juda ko'p boshqa imkoniyatlari ham bor Ko'p ish jarayonlarini ancha soddalashtirishingiz mumkin, ba'zi jarayonlarni esa Jamf siz umuman bajarib bo'lmaydi (xodimlar butun dunyoga tarqalib ishlaganda har bitta filial uchuh alohida IT mutaxassis ajratish qiyin yoki umuman mumkin emas).


Jamf IT infratizilma boshqarishning eng yaxshi yechimi hisoblanadi va biz uni biznesingizga joriy etishga yordam beramiz.


Jamf ga ulaning, u bilan Apple vositalarini boshqarib ishingizda muvaffaqiyatga erishing!