Biznes muhitida Apple birinchi navbatda korporativ ma'lumotingizni himoya qiladi

Yangiliklar

06.12.2021 Apple

Biznes muhitida Apple birinchi navbatda korporativ ma'lumotingizni himoya qiladi

Yangiliklar

06.12.2021 Apple

Apple doim foydalanuvchilarining ma'lumoti sir saqlanishiga nihoyatda katta e'tibor berishini alohida qayd qilib keladi. Shuning uchun ham turli himoya mexanizmlarini joriy etadi. Masalan, macOS ga buning uchun ma’lum dasturr va virusga qarshi vositalar qo’yilgan. Bundan tashqari, FileVault diski to'liq shifrlanadigan tizim va bir qancha boshqa imkoniyatlar mavjud.


Biroq sir saqlash siyosati faqat kompyuterni texnik jihozlashning oz'i bilan cheklanmaydi. Har bitta mahsulotini ishlab chiqqanda Apple 4 ta qoidaga amal qiladi:

1. Ma'lulumot kam yig'iladi

Ko'p kompaniyalar foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotni sotib pul topishlari sir emas. Lekin Apple bu borada boshqacha siyasat yuritadi: u faqat xizmatlari sifatli bo’lishi va tranzaksiyalarni ishlash uchun zarur bo’ladigan ma'lumotni yig'adi. Masalan, bu hisob yozuvi haqidagi ma'lumot, foydalanuvchi bilan qanday bog'lanish mumkinligi yoki to'lov tog'risidagi axborot bo'lishi mumkin, ya'ni bu Apple bilan o'zaro qanday ishlashingizga bog'liq bo'ladi. Kompaniya siz haqingizda qanday ma'lumot to'plashi sir saqlash siyosatida yozilgan.

2. Ma'lumtoning ko'pi vositaning ozida ishlanadi

Ma'lumotingizni kompyuterning o'zida ishlash uchun Apple oz chiplarini ishlab chiqadi va mashinada o'qitish algoritmini tatbiq qiladi.


Masalan, Siri ovozli yordamchi Apple IDga bog'lanmagan va shuning uchun u Apple ga ham, boshqa kompaniyalarga ham ma'lumot bermaydi. Ovozli so'rovlaringiz vositaning o'zida ishlanadi, bunga esa undagi Neural Engine tizimi imkon beradi. Siri yaxshiroq ishlashi uchun ma'lumot bir qismini serverga jo'natish kerak bo'lganda esa Apple unga tasodifiy tanittirgich beradi. Raqamlar va harflardan tuzilgan tanittirgich uchinchi shasxlarga berilmaydi.


Yozuvni avtomatik tarjima qilganda yoki ish bilan bog'liq biror boshqa masalani hal qilganda ma'lumotingiz yopiqligicha qolaveradi.

3. Foydalanuvchilar ma'lumotlarini o'zlari nazorat qilishadi

Apple ma'lumotingizni nimaga ishlatishini oson bilib olsangiz bo'ladi va agar xohlasangiz kompaniyaga uni yig'ish va ishlashni ta'qiqlab qo'yishingiz ham mumkin.

Apple Store dagi har bitta ilovaning dastur ma'lumotni qanday texnologiya bilan himoya qilishi yozilgan bo'limi bor. O'sha bo'limning o'zida u qanday ma'lumot to'plashini ham ko'rishingiz mumkin (bularga xususan, geopozitsiya, ko'rishlar tarixi, kontaktlar kiradi).


O'rnatilganidan so'ng Mac App Store dan olingan hamma ilovalar "qum quti"da ishga tushiriladi. Ular tizimning asosiy imkoniyatlaridan, korporativ ma'lumotdan va boshqa ilovalardan ajratib qo'yilgan bo'ladi. Ularga kirish uchun dastur sizdan ruxsat so'raydi.

macOS ilovalariga qanday qoidalar amal qilishinii quyidagi ishoradan o'tib bilishingiz mumkin.

Ilovani Internetdan xavfsiz o'tkazib olish uchun macOS da Gatekeeper funksiyasi ko'zda tutilgan. U dasturda zararli kodlar borligini tekshiradi va agar shunday kodni topsa xaridorga xabar jo’natadi.


O'zingiz ruxsat bermasangiz hech kim kamerangiz yoki mikrofoningizga kirolmaydi. "Ma'lumot va sir saqlash" sahifasida Apple siz haqingizda to'playdigan ma'lumot nusxasini olishingiz va hisob yozuvingizni boshqarishingiz mumkin.

4. Xavfsizlikni ta'minlaydigan funksiyalar qo'shib qo'yilgan

Mac ning apparat va dasturiy ta'minoti ma'lumotni himoya qilganda bir-birining imkoniyatini to'ldiradigan qilib tuzilgan. Masalan, korprativ foydalanuvchilar ko'pincha internetda ishlashlari kerak bo'ladi. Buning uchun vositaning o'ziga qo'shib qo'yilgan Safari brauzeridan foydalanish xavfsizroq bo'ladi. U xavfli saytlar haqida ogohlantiradi va tashqi kompaniyalar va reklama beruvchilarga foydalanuvchini tanittirmaydi, uning odatlarini bilishga imkon bermaydi.


E'tibor bergan bo'lsangiz kerak: Internetda nimadir izlaganingizdan keyin anchagacha shu narsaning reklamasini ko'rasiz. Buning sababi, chet kompaniyalar cookie fayllaringiz va boshqa ma'lumotingizni bilib turadi va shunga qarab sizga reklama ko'rsatadi. Safari brauzerida "Tracking Prevention" funksiyasi oldindan ishlatib qo'yilgan. U IP manzilingizni trekerlardan berkitadi.

Apple ilovalarining hammasiga ma'lumotni himoya qilish funksiyasi qo'yilgan. Ularni ruxsatsiz olishdan Mac da yana quyidagi texnologiyalar ham himoya qiladi:


Touch ID texnologiyasi himoya qilingan hisob yozuviga bir marta barmoq tekkizib kirish imkonini beradi. Barmoq izi haqidagi ma'lumot matematik modeldan tuzilgan bo'ladi. U shifrlab qo'yiladi va faqat Mac vositangizdagi Secure Enclave onborida foydalaniladi. Bu ma'lumotni operatsion tizim ham, ilovalar ham ololmaydi. Ma'lumot Apple serveriga jo'natilmaydi, iCloud ga ham nusxa olib qo'yilmaydi.


Ikki omilli tanish – Apple ID ga qo'shimcha bo'ladigan yana bitta xavfsizlik darajasi hisoblanadi. Yomon niyatli odam yashirin so'zingizni bilsa ham hisob yozuvingizga kirolmaydi. Apple ID bilan yangi vositangizda yoki internetda o'zingizni tanitsangiz o'zingiz ruxsat bergan boshqa vositalarda ham tekshirish kodi avtomatik ko'rinadi. Yashirin so'zni kiritgandan so'ng shu kodni ham kiritish kerak bo'ladi. Agar kod noto'g'ri yozilsa vositaga kirib bo'lmaydi.

Tarmoqda uzatilayotgan ma'lumotni himoya qilish. Tashkilot xodimlari ko'pincha har xil nuqtadan korporativ tarmoqqa ulanadi. Bunday vaqtda ma'lumotni himoya qilish uchun macOS da standart tarmoq protokollari ishlatiladi. Ular tanish, tasdiqlash va shifrlash bo'lishini ta'minlashadi. macOS WPA2 Enterprise, App Transport Security va Transport Layer Security (TLS) hamda VPN protokollari bilan ishlashi mumkin. Bundan tashqari tizimga Mac ni tarmoqdan bo'ladigan va "xizmat qilish rad etiladi" kabi hujumlardan himoya qiladigan brandmauer biriktirilgan.


"Lokator" ilovasi va jihozni topish imkoniyati". Agar Mac vositangiz o’g'irlangan yoki yo'qolgan bo'lsa uzoqdan turib sir saqlanadigan ma'lumotingizni himoya qilishingiz mumkin. "Lokator" bilan kompyuter hozir qayerdaligini yoki oxirgi marta qayerda bo'lganini bilasiz – bu esa vositani topish imkoniyatini ko'paytiradi.


Agar Mac ni qaytarib olishning iloji bo'lmasa undagi shaxsiy ma'lumotni uzoqdan o'chirishingiz mumkin. Bundan tashqari "Lokator" vosita ishlatilishini avtomatik berkitib qo'yadi. Ya'ni, sizga tegishli Aplle ID ni kiritmasdan turib vositadagi ma'lumotni o'chirish yoki qaytadan ishga tushirish mumkin bo'lmaydi.

Xulosa: Mac apparat va dasturiy ta'minot bir-biriga bog'lanib ishlashi qoidasiga asoslangan. Xavfsizlik vositalari DTni o'tkazib olish va yangilash hamda macOS joriy ishlashini ham qamrab oladi. Bu xususiyat korporativ ma'lumotingizni bir yo'la bir qancha darajada himoya qiladi.


Yana savolingiz bormi? ASBC mutaxassislari bajonidil savollaringizga javob berishadi va Apple texnikasining biznesda ishlatilishi bilan bog'liq hamma masalada yordam qilishadi. Maslahat olish uchun onlayn ariza qoldirsangiz xodimlarimiz siz bilan bog'lanishadi.